Akobirova Guljon Razitdinovna



Bo'lim haqida

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi – talabalar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni kamol toptirishda, milliy istiqlol g‘oyasi va mustaqillik mafkurasini shakllantirishda ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismidir. Bo‘lim mustaqil dunyoqarashga ega bo‘lgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy o‘zligini anglaydigan, milliy g‘urur va o‘z millatiga sadoqatli bo‘lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shavkat, poklik va halollik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal - qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadokat, bag‘rikeng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishda ko‘maklashadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
• Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib talabalarning ma’naviy tarbiyasiga mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika hukumati va vazirlik tomonidan qabul qilingan ta’lim-tarbiya, ma’naviyat-ma’rifat, milliy g‘oya va mafkuraga bag‘ishlangan farmon, qaror va buyruqlar bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlash va ularning bajarilishini ta’minlash;
• Universitet bilan korxona, tashkilot, huquq tartibot idoralari, san’at va madaniy muassasalar, mahallalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida manfaatli hamkorlikni amalga oshirib borish;
• Talabalarning iqtidorlarini namoyish qilishga doir turli tanlovlarni o‘tkazish va ishtirokini ta’minlash.