XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA

Navoiy davlat konchilik institutida xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish doirasida navbatdagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, Germaniyaning Freyburg universiteti professori va talabalari, shuningdek NavDKI qoshidagi 2-sonli litsey hamda Navoiy davlat pedagogika instituti vakillari  ishtirok etdi.

O‘zbek, nemis va ingliz tillarida olib borilgan mazkur seminar ishtirok etgan talabalar va professor-o‘qituvchilar Evropa ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Frayburg universiteti professori Mirzoxid Rahmonov universitetdagi akademik va  haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminarda Frayburg universiteti talabalari Eliza Golks va Dilnoza Ubaydullaevalar universitetdagi ta’lim tizimi, o‘qish jarayoni va o‘qishdan tashqari faoliyat haqida ma’ruza qilishdi. Tadbir savol-javoblarga boy, ishtirokchilarning qizg‘in munozaralari doirasida o‘tdi.