Bazarova Saodat Djamalovna



Bo'lim haqida

Universitet ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va institutdagi o’quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo’yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Bo’limning asosiy vazifalari va funksiyalari:
- ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malakatalablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
- ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o’quv- uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o`rganish;
- talabalari bilimlarining DTS ga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
- ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash;
- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
- ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, ma`lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;
- attestatsiya, ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish;
- ta’lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- professor-o`qituvchilari tayanch ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni institut rektoriga ma`lum qilish;
- o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;
- talabalar amaliyotining ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
- davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma`lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestatsiya va ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash va boshqa bir qancha vazifalar yuklatilgan;
- institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’limsifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
- institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oily ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
- institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;
- institutda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo’yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo’nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;
- ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o’rganadi;
-o’quv jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o’rganadi va ularni takomillashtirish bo’yicha tegishli takliflarni beradi;
-institutda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha olib borilgan o’rganishlar natijalari asosidagi takliflarni oliy ta’lim rahbariyatiga taqdim etadi.