Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalarining turli forumlarda, musobaqalarda qatnashishi – iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual qobiliyatlarini ochib berish, shuningdek, ilmiy faoliyatni ommalashtirishga imkon beradi.

Talaba uchun ilmga yo‘l ilmiy muammolarga qiziqishdan emas, balki unda ilmiy bilimga, ijodiy fikrlashga qiziqishni “uyg‘ota” oladigan ustoz-murabbiydan boshlanadi.

Har bir oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi ilm-fanni totib ko‘rish, uning tafakkur tizimiga qo‘shilish, o‘z kasbi muammolarini hal qilishga o‘tish yo‘llarini izlash, o‘zi tanlagan faoliyat sohasida ilg‘or o‘zgarishlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Universitetda mavjud ilmiy-tadqiqot to‘garaklarida ustoz-shogirdlik an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, to‘garaklarda 60 dan ortiq muammoli mavzular doirasida      2021-2022 o‘quv yilida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida to‘garak a’zolari tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar xalqaro va respublika jurnallaridagi nashrlar hamda mualliflik guvohnomalari soni 80 ta, Xalqaro va Respublika hamda OTM miqyosidagi konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan tezislar soni 120 ta ni tashkil etdi.