Ataqulov Lazizjon Nematovich



Bo'lim haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli qarorining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnatga munosabatlari vazirligi va moliya vazirligining 2018-yil 24-avgustdagi 18- 2018, 22-Q/Q, 122-son qaroriga asosan Navoiy davlat konchilik institutining 2019 yil 23 dekabrdagi 1/860 buyrug‘i bilan institutda 2019-2020 o‘quv yilida sirtqi ta’lim tashkil etildi hamda 2020 yilning yanvar oyidan sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatini boshladi.
Institut rektorining yuqorida ko‘rsatilgan buyrug‘ida sirtqi bo‘limning vazifalari qo‘yidagicha belgilab berilgan: sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, o‘qitishning yangi texnologiyalarini tadbiq qilish va ularni talabalarga yetkazish, talabalarning o‘qishi va o‘zlashtirishini nazorat qilish, talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlarni muntazam olib borish kabi mas’uliyatli vazifalar bo‘lim boshlig‘i va ishchi xodimlarga yuklatildi.
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i vazifasida avval Sh.R.Babayev, va 2021 yildan t.f.d. L.N.Ataqulovlar faoliyat olib bormoqda. N.U.Boltayeva uslubchi vazifasida faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo‘limning to‘laqonli faoliyat olib borishi uchun institut o‘quv bo‘limi tomonidan tuzilgan o‘quv jarayoni grafigi asosida talabalarga dars jadvallari tuzilib dars jarayonlari sifatli tashkil qilinib kelinmoqda.
Bugungi kunda sirtqi ta’lim shakli talabalari sonining oshib ketishi bilan, sirtqi bo‘limda yanada jadal ishlar olib borilishini ta’minlash maqsadida dekan muovini vazifasida ishlab kelayotgan S.X.Abdullayev va I.M. Rajabboyevlar dars jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va ularni nazorat qilish, talabalarni ta’lim - tarbiyasiga muntazam e’tibor berib kelishmoqdalar.