Rustamova Nazokat Saparovna



Bo'lim haqida

Reja - moliya bo‘limi 1996 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bo‘limning asosiy vazifalari:
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta loyihalarini tuzish va uni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlash, uning ijrosini nazorat qilish; universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining shtat jadvalini tuzish va uni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlash, uning ijrosini nazorat qilish; byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosini tahlil qilish, tasdiqlangan shtatlar jadvaliga qat’iy amal qilish; universitet jamoasini ijtimoiy himoya qilish tadbirlariga zaruriy mablag‘lar miqdorini hisoblab chiqish;
o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish uchun zaruriy o‘quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash jarayonini moliyalashtirish; talabalar turar joyida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalar ishlab chiqish xamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Shuningdek, universitetning moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash, moliyaviy mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash va nazorat qilish, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lim faoliyatining bosh mezoni xisoblanadi.
Bo‘lim boshlig‘i lavozimida 1996-1998 yillarda A.Ergashev, 1998-2004 yillarda I.Islomov, 2004-2006 yillarda Z.X.Nurieva, 2007 yildan xozirgi kunga qadar N.Rustamova faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bo‘limda Sh.Norbekov va N.Nuriddinovalar iqtisodchi lavozimida ishlab kelmoqda.