Fakultet haqida

“Qishloq xo’jaligi” fakulteti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universitetining yangi ochilgan fakulteti bo‘lib, 2021 yil iyulda tashkil etilgan. Fakultetda hozirgi kunda jami - 108 nafar talaba taxsil oladi. “Qishloq xo’jaligi” fakulteti keng qamrovdagi 60810900 - «Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha)», 60811000 - «O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha)», 6081150 - «Zooinjeneriya (turlari bo’yicha)», 60812000- «Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish” yo‘nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Mazkur fakultet bitiruvchilari mamlakatimizda cho’l hududlari yer unumdorligini oshirish, yo’qolib ketayotgan o’simlik navlarini saqlash va ko’paytirish, zamonaviy issiqxonalarni ko’paytirish, zooinjeeriya kabi sohalarda ishlashi mumkin. Hozirgi kunda fakultetda 10 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga fan sirlarini o‘rgatmoqdalar. Ularning 1 nafari professor, 4 nafari dotsent, qolganlari esa katta o‘qituvchi va assistentlardir. 2021 yildan hozirgi kunga qadar fakultet dekani dotsent I.A.Tagayev faoliyat yuritib kelmoqdalar.   Fakultet tuzilmasi : Fakultet tarkibidagi kafedra: Agronomiya Fakultetda Oliy ta’limning Davlat ta’limi standartlari asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 60810900 - «Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha)»; 60811000 - «O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha)»; 6081150 - «Zooinjeneriya (turlari bo’yicha)»; 60812000- «Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish” Fakultetdagi magistratura mutaxassisliklari: 5A311001 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; 5A320201 – Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (Mashinasozlikda); 5A310201 – Elektr ta’minoti (Sanoat korxonalari va shaxarlari).