Karimov Ilxom Arslanovich



Bo'lim haqida

O‘quv-uslubiy bo‘lim - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv- uslubiy bo’lim universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv- uslubiy bo’lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy bo’limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan: • Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
• Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
• Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
• O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
• Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
• Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
• Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi nizomnini amaliyotga tadbiq etish;
• Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
• Talabalar davomatini tahlil etish;
• Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
• Universitetdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
• Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
• Universitetda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
• O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
• Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
• Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
• O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
• Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
• Universitet-filiallarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;