Oliy matematika va axborot texnologiyalar kafedrasi


Kafedra tarixi

Kafedra 1970 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kungacha kafedrani boshqarishda S.L.Rakovitskiy, X.Ochilov, M.Muxammadov, M.B.Bazarov, A.Pirimov, A.Po'latov, S.X.Raxmatov, O.J.Xudayberdiev faoliyat yuritgan bo’lib, 2017 oktyabr oyidan boshlab " Oliy matematika va axborot texnologiyalari" kafedrasini dotsenti M.R.Ishmamatov boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 17 nafar professor-o'qituvchilar hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 3 nafar dotsent, 7 nafar katta o'qituvchi, 7 nafar assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilari O'zMU, Nizomiy nomidagi ToshDPU, TATU, SamDU, BuxDU, NavDPI va Rossiya federatsiyasining Tomsk politexnika universiteti, Novosibirsk DU olimlari bilan uzviy ilmiy-uslubiy aloqalar o'rnatganlar.