Noyob va radiaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash kafedrasi


Kafedra tarixi

2011 yil 11-noyabrda Navoiy Davlat konchilik instituti Ilmiy kengashining 2011 yil 28-avgustdagi 1/4.2 sonli qarori, hamda institut rektorining 2011 yil 2-sentyabrdagi 1/213 sonli buyrug’iga asosan “Konchilik” fakul’teti “Konchilik ishi” kafedrasi tarkibidagi “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” yo’nalishi alohida ajratilib, “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.
Institut rektori buyrug’i asosida yangi tashkil etilgan kafedrada dastlab I.A.Karimov (2011-2016 yillar), keyinchalik I.T.Misliboyev (2016-2017 yillar) va Sh.Sh.Zairov (2017-2018 yillar) kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelishdi.
Kafedra tashkil etilgan davrdan boshlab “Noyob va radioaktiv metal rudalarini qazish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” bakalavriat ta’lim yo`nalishi va “Noyob va radioaktiv metal rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi” magistratura ta’lim yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.
09-avgust 2018 yildan boshlab institut rektori buyrug’iga asosan I.U.Halimov kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi.