SEMINAR-TRENING: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI BOSHQARISH

Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun BMTning Taraqqiyot dasturi hamda KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 

 

Tadbir BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bo‘yicha yetakchi ekspertlar – N.Muradasilov va N.Zikrillayeva hamda KPMG kompaniyasining Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi vakillari – tavakkalchilik bo‘yicha maslahat bo‘limi direktori I.Burdikova, bo‘lim bosh menejeri P.Serdyuk, shuningdek, O‘zbekistondagi KPMG kompaniyasining vakillari – F.Abdullaxanov va X.Gazixanovlar tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda vazirlik va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini joriy etish bo‘yicha asosiy tushuncha hamda tamoyillar, korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, korrupsion xavf-xatarlarni baholash,  manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Seminar-trening bahs va munozaralarga boy o‘tdi. Ayniqsa, vazirlik xodimlari o‘z savol va mulohazalari  bilan mutaxassislarga yaxshi taassurot qoldirishdi.

Dasturga muvofiq seminar-trening o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi. Unda vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari, Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshliqlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar ishtirok etadi.

 

 

 

Manba: Axborot xizmati