NDKTU matbuot xizmati

 

NDKTU matbuot kotibi lavozim vazifalari:



  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda NDKTU rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
  • keng jamoatchilikni NDKTU faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy xujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
  • ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, NDKTU da ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  • NDKTU ning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda NDKTU tarkibidagi bo‘linmalarning  belgilangan xodimlari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot tahliliy materiallar tayyorlash;
  • NDKTU faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida NDKTU rektoriga axborot berish;

         NDKTU ning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallarning ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.