NDKTU bitiruvchilari

 

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va bitiruvchilar to‘g‘risida

 

Navoiy davlat konchilik instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi PQ-186 sonli qarori bilan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitida hozirgi kunda 4 ta fakultet, 15 ta kafedra, 17 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud.

Universitetda jami 6092 nafar talaba, shundan 2988 nafar talaba bakalavriat (kunduzgi), 2934 nafar talaba bakalavriat (sirtqi) ta’lim yo‘nalishida va 170 nafar talaba magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olmoqda.

Joriy yilda universitetni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 792 nafar, magistratura mutaxassisliklarini 78 nafar, jami 870 nafar talabalar bitirmoqda.

Ushbu bitiruvchilar malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlarini NKMK AJ, “Navoiyuran” DK, “Qizilqumsement” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stransiyasi” AJ, “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Gidrostankoservis” MCHJ va boshqa ishlab chikarish korxona va tashkilotlarda o‘tadilar.

Bitiruvchilarni bandligini ta’minlash maqsadida bitiruvchilar asosan o‘zlari amaliyot o‘tagan va boshqa yirik korxona va tashkilotlarga  ishga yo‘naltirilmoqda.

Xozirgi kunda  NKMK AJning joriy yil 23 maydagi 454-k-sonli buyrug‘i bilan Markaziy kon boshqarmasiga 135 nafar talaba ishga yo‘naltirildi.