Habibullayev Qahramon Shukrullayevich



Bo'lim haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi 48- “Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish vakadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 1998 yil 3 fevraldagi 12-sonli buyrug‘iga asosan “Marketing xizmati” bo‘limi tashkil etilgan. Marketing xizmati bo‘limining maqsadi ta’lim xizmatlari bozorida universitet faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
- Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda bu jarayonini is’temolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash;
- Ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.