Tоshov Bori Rajabovich



Bo'lim haqida

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida magistratura bo‘limi 2002-2003 yillarda tashkil etilgan. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida ikki yil davom etadi. Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasiga magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga etkaziladi. Shu bilan birga universitetning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, uzluksiz ta’limning yakunlovchi bosqichini davom ettirish mumkin. Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari va 2015 yil 2 martda qabul qilingan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq yuritmoqda.
Magistratura bo‘limida 2020/2021 o‘quv yilida jami 136 nafar talaba o‘qiydi. Shundan, 1 kursda 11 ta mutaxassislik bo‘yicha 83 nafar talaba Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli tomonidan 2020 yil avgustda tasdiqlangan va 2 kursda 11 ta mutaxassislik bo‘yicha 53 nafar talaba 2019 yil avgust oyida tasdiqlangan o‘quv reja asosida o‘qiydi.
1 kursda 83 nafar talabadan 46 nafar talaba Davlat granti asosida va 37 nafar talaba Tulov-kontrakt asosida o‘qiydi. 2 kursda 53 nafar talabaning hammasi Davlat granti asosida tahsil olmoqda.
Joriy o‘quv yilida Magistratura bo‘limida 8 ta kafedra hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida institutning Magistratura bo‘limida tahsil olayotgan talabalarning 38 nafari qiz bolalar bo‘lib, talabalar umimiy soning 40 foizini tashkil etadi. Respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelib o‘qiyotgan talabalar 19 nafar. Boshqa viloyatlardan kelgan talabalar Buxoro va Jizzax, Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Magistrlik dissertatsiyalariga institut kafedralarining etuk va ko‘p yillik pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari talabalarning o‘z arizalariga muvofiq ilmiy rahbar etib tayinlangan va tadqiqot ishi olib borilmoqda.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga va aniq amaliy vazifalarni hal etishga qaratilgan.