Fakultet haqida

Konchilik fakulteti konchilik sohasida, xususan 4 ta yo’nalishda “Konchilik ishi” (faoliyat turlari bo’yicha), “Texnologik mashinalar va jihozlar” (konchilik), “Konchilik elektr mexanikasi” va “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” yo’nalishlarida malakali kadrlarni tayyorlaydi. Hozirgi kunda Konchilik fakulteti dekani vazifasida texnika fanlari doktori, professor I.T.Mislibayev faoliyat yuritmoqda. Fakultetda o’quv ishlari bo’yicha dekan mouvinlari B.Z.Soliyev va O.M. Qurbonov, Yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini N.O.Polvonov, uslubiyotchi Sh.Yavkacheva, fakultet dispetcheri G.Jabbarova, hamda ish yurituvchi kotiba A.Cho’liyevalar faoliyat ko’rsatmoqda. Tashkil topganligi 1995-yil 7-iyul Fakultet tarkibi Kafedralar soni 5 ta 1. “Konchilik ishi” kafedrasi 2. “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi 3. “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” kafedrasi 4. “O’zbek va chet tillari” kafedrasi 5. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi Professor o’qituvchilar soni Fakultetda 80 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 10 ta fan doktori, 22 ta fan nomzodi, 19 ta katta o’qituvchi, 29 ta assistant. Talabalar soni 1000 nafarga yaqin. Tarixiy ma’lumotnoma O’zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoatini rivojlanishini ta’minlash, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 1995-yilning 7-iyulida Navoiy Davlat Konchilik Instituti tashkil etildi. O’sha yili Konchilik fakulteti ham tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakultet tarkibida 3 ta mutaxassislik kafedrasi va 2 ta nomutaxassislik kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Yo’nalishlari 1. “Konchilik elektr mexanikasi” 2. “Texnologik mashinalar va jihozlar” (konchilik) 3. “Konchilik ishi” (faoliyat turlari bo’yicha) 4. “Noyob va radiaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” Magistratura (mutaxassisligi) 1.“Konchilik mashinalari va jihozlari” 2. “Foydali qazilma konlarini qazish” (qazish usullari bo’yicha) 3. “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash va boyitish texnologiyasi” Doktorantura 1.Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurulish) 2. Konchilik mashinalari Ilmiy tadqiqotning asosiy yo’nalishlari Konchilik elektr mashinalari, Geotexnologiya, Konchilikning fizik jarayonlari