Fakultet haqida

Kimyo-metallurgiya fakulteti kimyo, metallurgiya va iqtisodiyot sohasida, xususan 4 ta yo’nalishda Metallurgiya, Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha), Foydali qazilmalarni boyitish, Iqtisodiyot yo’nalishlarida malakali kadrlarni tayyorlaydi. Hozirgi kunda Konchilik fakulteti dekani vazifasida texnika fanlari doktori, N.A. Doniyarov, faoliyat yuritmoqda. Fakultetda o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.A. Atamuradov, yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari N.T. Sariyev, uslubchi L.Xolmurodova, fakultet dispetcheri S. Yuldashev hamda ish yurituvchi kotiba D.Raxmonovalar faoliyat ko’rsatmoqda. Tashkil topganligi 1995-yil 7-iyul Fakultet tarkibi Kafedralar soni 5 ta 1. Metallurgiya kafedrasi 2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi 3. Iqtisodiyot va menejment kafedrasi 4. Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi 5. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi Professor o’qituvchilar soni Fakultetda 84 nafar ortiq professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 7 ta fan doktori, 39 ta fan nomzodi, 17 ta katta o’qituvchi, 17 ta assistent. Talabalar soni 700 nafarga yaqin. Tarixiy ma’lumotnoma O’zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoatini rivojlanishini ta’minlash, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 1995-yilning 7-iyulida Navoiy Davlat Konchilik Instituti tashkil etildi. O’sha yili Kimyo-metallurgiya fakulteti ham tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakultet tarkibida 3 ta mutaxassislik kafedrasi va 2 ta nomutaxassislik kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Yo’nalishlari 1. Metallurgiya 2. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 3. Foydali qazilmalarni boyitish 4. Iqtisodiyot Magistratura (mutaxassisligi) 1. 5A311603 – Foydali qazilmalarni boyitish 2. 5A310301 – Metallurgiya 3. 5A320401 «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» 4. 5A320405 “Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi” (polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi) Doktorantura Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi Ilmiy tadqiqotning asosiy yo’nalishlari 1. Fosforit rudalarini kompleks qayta ishlab yuqori sifatli mineral o‘g‘itlar olish imkoniyatini o‘rganish. 2. Ko‘mirni boyitishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqarish chiqindilari tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish imkoniyatlarini o‘rganish 4. Sanoat chiqindi suvlarini tozalash usullarini ishlab chiqish 5. Murakkab tarkibli oltin rudalarini qayta ishlashning samarali texnologiyalarini yaratish