Kadirov Yorqin Baxodirovich



Bo'lim haqida

Bo‘limning asosiy vazifalari qo'yidagilarni o’z ichiga oladi :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini berish bo’yicha ishni tashkil etish;
1. O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borish;
2. O’zbekistan Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa oliy o’quv yurtlarining tegishli bo’limlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarii o’rnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini ta’minlash;
3. kafedralarning ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali ilmiy ishlanmalar ko’lamini kengaytirish va iqtisodiy samarasini mustahkamlashga ko’maklashish;
4. institutning ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashning uzluksiz dasturuni va amalga oshirilishini nazorat qilish;
5. institut va uning tarkibiy bo’linmalari hisoblangan fakul’tetlar va kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish;
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son qaroriga muvofiq kafedralarda vazirlik, qo’mita, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
7. institut fakultetlari va kafedralarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini tasdiqlash va uning bajarilishini muntazam monitoring qilib borish;
8. har bir ilmiy tadqiqotchi miqyosida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni ro`yxatga olib borilishini ta’minlash;
9. institutda ilmiy ishlarning holati va salohiyati, uning rivojlanishi yo’nalishlarini tavsiflovchi ma’lumotlar monitoringini tashkil qilish;
10. institut, fakultet va kafedralarning ilmiy ishlanmalari ko’rgazmasini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;
11. ilmiy seminarlar, konferensiya va simpoziumlar o’tkazish rejasini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;
12. ilmiy xodimlarning ilmiy hamda o’quv-uslubiy imkoniyatlardan to’la va samarali foydalanish maqsadida ularga zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy va texnik shart-sharoitlarni yaratishda ko’maklashish;
13. eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, maxsus mukofotlarni ta’sis etish;
14. talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Davlat stipendiyasi, Beruniy, Zulfiya va Islom Karimov nomidagi va boshqa nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;
15. institut fakul’tetlari va kafedralarida ilmiy to’garaklari faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish va monitoringi olib borish;
16. iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatiga, xo’jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularni faoliyatini monitoring qilib borish;
17. institut professor-o’qituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini bajarilishini nazorat qilib borish va monitoringini yuritish;
18. institut professor-o’qituvchilarini, tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarni fundamental, amaliy, innovasion va yosh olimlarning ilmiy loyihalari tanloviga hamda xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularning faoliyatini monitoring qilib borish;
19. institutda tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar qabulini tashkil etish, hujjatlar qabulini olib borish, qabul imtihonlarini o’tkazilishini tashkil etish;
20. tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilib borish;
21. institutning o’quv va ilmiy faoliyatida tadqiqotchilarning dissertasiya ishlaridagi ilmiy yangiliklarini joriy qilinishini ta’minlash, natijalardan foydalanilganligi to’g’risidagi dalolatnoma ma’lumotnomalarlarni tayyorlash;
22. institut, fakul’tetlar va kafedralarda ilmiy seminarlar va konferensiya o’tkazish rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlsah.
Ilmiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari
Institut olimlarining olib boradigan ilmiy-tadqiqot ishlari juda keng va xilma-xildir. Bular geotexnologiya, foydali qazilmalarni boyitish, materiallar va nanomateriallar, dinamik texnologiyalar, yuqori samarador mashinalar va uskunalar, konchilik, kimyo neftkimyo va elektron qurilmalar ihlab chiqarishda zamonaviy fundamental tadqiqotlar, mashinasozlik va asbobsozlik, dasturlash va axborot tizimlari, standartlashtirish tizimlari, metralogiya va sertifikatlashtirish, konchilik va kimyo sonoati iqtisodiyoti, konchilik, kimyo va mashinasozlik sanoatida modellashtirish, shuningdek tarix va tillar nazariyasi.
NDKI ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
1. Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish)
2. Foydali qazilmalarni boyitish
3. Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
4. Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi
5. Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari
6. Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
7. Energetika tizimlari va majmualari
8. Mashinasozlikda materialshunoslik (sohalar bo’yicha)
9. Mexanik va fizik texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbobuskunalar
10. Til nazariyasi. Amaliy va kompyuterlashtirilgan tilshunoslik.
11. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarisharni avtomatlashtirish va boshqarish
12. Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik maj-mualar va qurilmalar
13. Nazariy mexanika
14. Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmuyi
15. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
16. Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari
17. Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
18. Noorganik kimyo
19. Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi
20. Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
21. G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish
22. Mamlakat, uning mintaqa, shaxar va sanoat markazlarining transport tizimlari, transport logistikasi
23. Nazariy fizika
24. Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari
25. Kondensirlangan holat fizikasi