ILM-FAN YUTUQLARI OAV NIGOHIDA

Navoiy davlat konchilik institutida “Navoiy davlat konchilik institutida  innovatsiya, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish: natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut prorektorlari B.Mardonov va T.Nurmurodovlar mavzuga doir ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Institutda konchilik, energo-mexanika, kimyo-metallurgiya fakultetlari va Nukus filialida 15 ta ta’lim yo‘nalishida jami 4,4 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayapti. Institut tarkibida yangi o‘quv yilidan boshlab “Qishloq xo‘jaligi fakulteti”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida o‘tgan 2020 yilda institut olimlari tomonidan 9,4 milliard so‘mlik davlat granti, xo‘jalik va xalqaro loyiha shartnomalari tuzilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 20 milliard so‘mga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mataxassislar javob qaytarishdi.