Bekboyeva Gulrux Rustamovna



Bo'lim haqida

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti devonxonasi faoliyati
• Devonxona universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi.
• Devonxona ish yuritishga mas’ul bo‘lib, tashqaridan kirib kelayotgan xatlarni hisobini oladi, xatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqib, zudlik bilan rektorga yetkazib beradi va institut rektori tomonidan imzolangan buyruqlarni qayd etib, ko‘paytirib, tegishli bo‘limlarga tarqatadi va asl nusxasini jamlab boradi.
• Xizmat safariga boruvchi xodimlarga guvohnoma beradi, ularga borib kelish belgisini qo‘yadi.
• Hujjatlardan talablar asosida kerakli ko‘chirmalar beradi.
• DocFlow dasturi orqali viloyat hokimligidan xatlar, topshiriqlar va farmoyishlarni qabul qiladi.
• Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi edu.uz portal orqali topshiriq va xatlarini qabul qiladi va ularni ro‘yxatga olib lotus programmasi orqali ijrochilarga tarqatadi.
• Exat himoyalangan pochta orqali keladigan xatlarini qabul qiladi va ijrochiga yetkazadi.
• Universitet chiqish xatlarini rasmiylashtiradi va maxsus aloqa xizmati orqali tashkilotlarga yuboradi.
• Ijro.gov tizimi orqali kelib tushadigan xatlarni ro‘yxatga oladi.
• Arxiv universitetning devonxonasi tuzilmasiga kiradi.
• Institutdagi hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish, saralash, ulardan foydalanish va davlat arxiviga topshirish uchun tayyorlashdan iborat.
• Arxivga qabul qilingan yig‘ma jildlar va hujjatlarga fond tartib raqamini beradi.
• Belgilangan tartibda fuqarolarga ma’lumotnomalar va hujjatlardan ko‘chirmalar beradi.