COVID-19

COVID-19 ga qarshi vaksina haqida bilish lozim boʻlgan ma’lumotlar

Koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish boʻyicha keng tarqalgan savollarga javoblar.

 


            COVID -19 ning bolalarga tahdidi juda katta va kasallikning bevosita jismoniy ta’siri doirasidan ancha uzoqqa chiqib ketgan. Karantin cheklovlari davom etayotganligi yoki qayta joriy   qilinishi bolalar sogʻliqni saqlashning muhim   xizmatlaridan foydalanishiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Odatiy tibbiy xizmatlar qamrovi darajasining pasayishi va yaqinlashib kelayotgan   retsessiya bir avlod bolalarining salomatligi va kelajagiga tahdid solmoqda. Quyida ota-onalarda   potentsial COVID-19 ga qarshi vaksina haqida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va eng koʻp   tarqalgan savollarning ayrimlariga javoblar keltirilgan.

      COVID -19 ga qarshi vaksina qachon tayyor boʻladi?

    Xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqish uchun vaqt talab etiladi, ammo tadqiqotlar oʻtkazish, ishla chiqish va global hamkorlikka misli koʻrilmagan sarmoyalar kiritilishi tufayli olimlar     dalillarga asoslangan va qat’iy   tartibga solish    standartlariga amal qilgan holda, rekord vaqt ichida COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqara oldilar. Hozirda 200 dan ortiq nomzod vaksinalar   ishlab chiqilmoqda (56 tasi klinik va 166 tasi klinikadan   oldingi sinovlarda), ularning     aksariyati   klinik sinovlardan oʻtish bosqichida. Ushbu nomzod vaksinalarning ayrimlari III- bosqich klinik sinovlarida – ya’ni vaksina tasdiqlanishidan oldingi yakuniy bosqichda.

Shunday boʻlsa ham, esda tutish kerakki, vaksinani ishlab chiqishdan boshlab uni litsenziyalash, soʻng keng miqyosda ishlab chiqarish va undan keng foydalanish - bu juda uzoq jarayon. Vaksina kerakli tasdiqni olganidan soʻng, uni oʻz vaqtida va adolatli tarzda, unga eng muhtoj boʻlganlar foydalanishi uchun yetkazib berish muhimdir. Aynan shunda UNICEF va uning hamkorlariishga kirishadi.

UNICEF dunyodagi yagona eng katta vaksina xaridori sifatidagi oʻz tajribasidan foydalangan holda, PAHO Revolving Fund va COVID-19 Vaccine Global Access Facility (COVAX Facility) bilan hamkorlikda, dunyodagi eng katta miqdorda va eng tezkor tarzda vaksinalarni sotib olish va yetkazib berish bilan shugʻullanadi.

COVID -19 ga qarshi vaksina qanday ishlab chiqilmoqda?

Vaksinalar yuqumli kasallikka olib kelishi mumkin boʻlgan viruslar, bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlarga taqlid qilish orqali ishlaydi. Bu bizning immunitet tizimimizni unga qarshi tez va samarali javob berishga "oʻrgatadi".

An’anaviy ravishda vaksinalar buni immunitet tizimimiz xotirasida saqlanib qolinadigan yuqumli kasallikning zaiflashgan shaklini kiritish orqali amalga oshiradi. Shunday qilib, bizning immunitet tizimimiz infeksiyani u bizni kasal qilishidan oldin tezda taniy oladi va unga qarshi kurashadi. Hozirda COVID-19 ga qarshi vaksina uchun nomzod vaksinalar aynan shunday ishlab chiqilmoqda.

Boshqa ishlab chiqilayotgan potensial vaksinalar uchun ham yangi yondashuvlardan foydalanilmoqda: ular RNK va DNK vaksinalari deb ataladi. RNK va DNK vaksinalar antigenlarni (immunitet tizimingizda antitanachalar hosil boʻlishiga olib keladigan modda) kiritish etish oʻrniga, tanamizga genetik kodni beradi, bu bizning immunitet tizimimizga zarur boʻlgan antigenni oʻzi ishlab chiqarishiga imkon beradi. COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqish haqida koʻproq ma’lumot olish uchun WHO (JSST) va CEPI veb-sahifalariga tashrif buyuring.

Koronavirusga qarshi vaksina xavfsiz boʻladimi?

Har bir mamlakatda vaksinalar keng qoʻllanilishidan oldin ularning xavfsizligi va samaradorligini nazorat qiladigan, tartibga soluvchi organlar mavjud. Dunyo miqyosida JSST vaksinalar xavfsizligini ular joriy qilinishidan avval va hatto keyin ham koʻrib chiqadigan bir qator mustaqil texnik organlarni muvofiqlashtiradi. JSST tomonidan foydalanish uchun tasdiqlangan vaksinalar kasalliklarga qarshi kurashishda xavfsiz va samarali ekanliklarini koʻrsatish uchun jiddiy tekshiruvlardan va klinik sinovlardan oʻtkazildi. COVID-19 ga qarshi vaksinalar tez fursatlarda ishlab chiqilayotganligiga qaramay, ular qat’iy xavfsizlik va samaradorlik standartlariga javob bergan taqdirdagina tartibga soluvchi organlarning zarur ruxsatnomalarini olishlari mumkin.

UNICEF uchun bolalar va ularning oilalari xavfsizligi, jumladan xavfsiz vaksinani yetkazib berish masalasi eng ustuvor hisoblanadi.

COVAX nima?

Access to COVID-19 Tools (ACT) Akselerator bu COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni tezlashtirish va testlar, muolajalar va vaksinalardan teng huquqli asosda foydalanishni ta’minlashga qaratilgan global hamkorlikdir. ACT-Akseleratorning tarkibiy qismi sifatida COVAX, COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni jadallashtirish hamda dunyodagi har bir mamlakat uchun adolatli va teng huquqli foydalanish imkoniyatini kafolatlashga qaratilgan.

COVAX mexanizmining vazifasi vaksinaga eng munosib nomzodlarni aniqlash uchun doimiy ravishda COVID-19 ga qarshi vaksinalar ishlab chiqilishini kuzatib borishdan iborat. COVAX mexanizmi vaksina ishlab chiqaruvchilarni oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga undash uchun ular bilan ish olib boradi.     

Buning sababi shundaki, odatda ishlab chiqaruvchilar vaksinani ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun zarur boʻlgan katta sarmoyalar ishlatishni vaksina ishlab chiqarishga ruxsat olmaguncha xavfli deb hisoblaydilar. Hozirgi pandemiya sharoitida vaksinalar litsenziyalanganidan soʻng bu holat vaksinalarni yetkazib berishda kechikishlar va yetishmovchilikka olib keladi.

COVAX haqida koʻproq ma’lumot oling.

Mening mamlakatimda COVID-19 ga qarshi vaksinaga qachonega bo’lish mumkin?

Pfizer / BioNTech vaksinasi ayrim mamlakatlarda, shu jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada tarqatilmoqda. Qoʻshimcha ma’lumot uchun CDC (AQSh)  va NHS (Buyuk Britaniya) ga murojaat qiling.

Amaldagi COVID-19 ga qarshi vaksinasiga nomzodlarning birontasi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, xavfsizligi, samarali ekanligi isbotlanib, tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’qullanganidan keiyngina mavjud dozalar standartlashtirilgan taqsimlash formulasidan foydalangan holda COVAX dasturida ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarga  ularning umumiy aholisi soniga proportsional ravishda tarqatiladi.

Jahon miqyosida vaksinaga katta talab kuzatilishi shuni anglatadiki, barcha ham bir vaqtning oʻzida vaksinani ololmaydi. Dunyo boʻylab har bir kishi uchun yetarli miqdorda vaksina dozalarini yaratish uchun bir necha oy yoki hatto yillar kerak boʻladi.

COVID-19 ning sogʻliqni saqlash va ijtimoiy tizimlar faoliyatiga ta’sirini cheklash uchun birinchi navbatda sogʻliqni saqlash va maktab hodimlarini emlash tadbirlari oʻtkaziladi. Vaksina dozalarining keyingi turkumlari ishtirokchi mamlakatlarga yuqori xavf guruhlaridagi, jumladan keksalar va COVID-19 bilan kasallanishdan soʻng jiddiy xastalik va oʻlim xavfi katta boʻlgan tibbiy ahvoli ogʻir insonlarni emlash imkonini beradi. Har bir bosqich boʻyicha raqamlar turli mamlakatlar uchun turlicha bo’ladi, va biz mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi yangiliklari va koʻrsatmalariga amal qilishni tavsiya etamiz.

Koronavirusga qarshi vaksinaga kim ega bo’ladi?

Hozirgi maqsad – COVAX rejasi doirasida 2021 yil oxiriga qadar 2 milliard doza vaksinani tayyorlash. Bu miqdor tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilar kabi ijtimoiy xizmat xodimlarini, shuningdek, dunyoning koʻplab mamlakatlarida jiddiy kasallik yoki oʻlim xavfi yuqori boʻlganlarni himoya qilish uchun yetarli boʻlishi kerak. Bunga erishish ulkan yutuq boʻladi, lekin, ehtimol, dastlabki bir necha yil davomida keng foydalanish uchun dozalar yetarli boʻlmasligi mumkin. Bu shuni anglatadiki, sizni, oilangizni va jamoangizni himoya qilish uchun mavjud ehtiyot choralarini koʻrishni davom ettirish, shu jumladan jismoniy masofani saqlash, qoʻllarni muntazam sovunlab yuvish va niqob taqish muhimdir.

Farzandim COVID-19 ga qarshi emlanishi kerakmi?

COVAX rejasiga koʻra, mamlakatlarga yuborilgan vaksinalarning dastlabki dozalari sogʻliqni saqlash xodimlari, ijtimoiy xizma sohasidagi xodimlar va virusdan kelib chiqishi mumkin boʻlgab ogʻir kasallik xavfi yuqori boʻlgan odamlar, keksalar yoki tibbiy ahvoli ogʻir boʻlgan odamlar uchun qoʻllaniladi, shu bois bolalarga qoʻllanilishi dargumon. Ushbu aholi guruhlari COVID-19 dan kasallanishni kamaytirish va barchga xizmat qiladigan sogʻliqni saqlash tizimlarini himoya qilishga yordam berish uchun birinchi oʻringa qoʻyilganlar. Biz koʻproq ma’lumotga ega boʻlganimiz sari, COVID-19 va unga qarshi vaksina haqidagi koʻrsatmalar va boshqa tegishli ma’lumotlar yangilanishi mumkin, shuning uchun JSST va mahalliy sogʻliqni saqlash vazirligining ishonchli manbalaridagi axborotni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, farzandingiz muntazam ravishda ummilliy emlash rejasiga asosan tegishli vaksinalar bilan emlanishini davom ettirayotganligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Buni qanday qilib xavfsiz amalga oshirish haqida oʻqing (qanday qilib xavfsiz emlashni ta’minlash kerak).

COVID-19 ga qarshi vaksina tayyor boʻlgunga qadar oilamni qanday himoya qilishim mumkin?

Quyida keltirilgan ehtiyot choralari sizni va oilangizni infeksiyadan saqlashga yordam beradi:

  • Qoʻlingizni sovunlab yoki tarkibida spirt boʻlgan vositalar bilan tez-tez yuving
  • Oʻzingiz va boshqalar oʻrtasida kamida 1 metr masofani saqlang
  • Agar sizda yoki farandigizda isitma, yoʻtal, nafas olishda qiyinchilik yoki COVID-19 ning boshqa alomatlari kuzatilsa, imkon qadar tez tibbiy yordam uchun murojaat qiling
  • Gavjum, yaxshi shamollatilmaydigan yopiq joylarga bormaslikka  hamda jamoat joylarida odamlardan jismoniymasofani saqlashga harakat qiling
  • Infektsiya tez tarqalishi mumkun boʻlgan jamoat joylari va jismoniy masofani saqlash mumkin boʻlmagan joylarda matoli niqoblarni taqing. Niqobni sovun va suv bilan tez-tez yuvib turing.
  • Oʻzingiz kiradigan barcha xonalar yaxshi shamollatilishini ta’minlang.