Metakoinot, aqlli ko‘zoynaklar, o‘yin va ish uchun alohida akkaunt hamda avatarlar: Tsukerberg nimalar haqida gapirdi?

Kompaniya endilikda o‘zini ijtimoiy tarmoq bilan emas, metakoinot bilan bog‘lamoqchi.

 

28 oktabr kuni Mark Tsukerberg Facebook Connect 2021 onlayn taqdimotida so‘zga chiqdi. U yerda kompaniyaning VR va AR sohasidagi so‘nggi yutuqlari, «metaborliq»ni rivojlantirish bo‘yicha rejalar, shuningdek, kompaniyaning nomi haqida gapirildi.

«Metakoinot»

  • Facebook metakoinotni rivojlantirishni rejalashtiryapti. Metakoinot shunday virtual olamki, unda VR va AR texnologiyalardan birdek foydalaniladi. 
  • Foydalanuvchilar avatarlar yordamida virtual olamda bir-biri bilan muloqot qilishadi.
  • «Oddiy» internetning barcha kontentini metakoinotda gologrammalar ko‘rinishida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
  • Facebook Horizon Workrooms servisi va Horizon Home virtual uyida o‘z ish o‘rnini yaratishni taklif etadi.

O‘yinlar va fitnes

  • VR’da ko‘plab yangi o‘yinlar paydo bo‘ladi. Ular haqida Oculus Gaming Showcase  tadbirida gap borishiga va'da berdi.
  • Metakoinotda turli joylarda bo‘lgan foydalanuvchilar sport bilan birgalikda shug‘ullanishlari, qo‘shimcha reallikka ega o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin.
  • O‘yin va ish uchun alohida akkaunt va avatarlar yaratish mumkin bo‘ladi.
  • Tsukerberg GTA chiqishi bo‘yicha alohida xabar berdi: Oculus uchun San Andreas birinchi shaxs nomidan o‘ynash imkoniyatiga ega.

Metakoinotda ta'lim

  • Metakoinotda ta'lim yanada interaktiv bo‘ladi. Tibbiyot xodimlari virtual reallikda mashq qilishlari, bo‘lajak astronomlar esa fazo obektlarini yaqindan o‘rganishlari mumkin.
  • Foydalanuvchilar mashinaning 3D modelini yuklab olishlari, uylari uchun ta'mirni sinab ko‘rishlari, shuningdek, gologrammalar yordamida Quyosh tizimi sayyoralarini ko‘zdan kechirishlari mumkin.
  • Yangi reallikda ta'lim olish uchun Facebook o‘z ko‘zoynaklarini taklif etyapti.

Yangi iqtisodiyot

  • Servislar uchun haq to‘lanishi odamlarni uzoqlashtiradi. Shuning uchun Facebook o‘z servislari uchun narxni minimallashtirish yoki to‘lovlarni bekor qilishni rejalashtirgan.
  • Metakoinotda foydalanuvchilar uchun olamlar va shaxsiy narsalar yaratadigan mualliflarning yangi turi paydo bo‘ladi.
  • Facebook tadbirkorlarga mijozlar bilan hamkorlik qilish uchun yangi maydonchalar taqdim etadi.

Dasturchilar uchun vositalar

  • Facebook dasturchilarga metaborliq uchun ilova yaratishni yengillashtirish maqsadida SDK to‘plamini taqdim etadi.
  • Kompaniya ishlanmalari qo‘l harakatiga reaksiya qilish sozlamasi va inson nutqini rasshifrovka qilishni soddalashtiradi.

Project Cambria

  • Facebook metakoinotda aloqada bo‘lish uchun yangi «aqlli» ko‘zoynaklar ustida ish olib boryapti.
  • Project Cambria nomli AR ko‘zoynaklar 2022 yilda chiqadi.
  • Sentabr oyida Ray Ban bilan hamkorlikda «aqlli» ko‘zoynaklar ustida ishlash foydalanuvchilarni smartfon ekranidan uzoqlashtirish uchun birinchi qadam bo‘ldi.

Yangi nom

  • Facebook o‘zining barcha harakatlarini metaborliqni rivojlantirishga qaratadi.
  • Kompaniya nomini Meta deb o‘zgartirishidan maqsad – u o‘zini ijtimoiy tarmoq bilan emas, metakoinot bilan bog‘lamoqchi.

Translatsiyani Facebook va YouTube’da takroran tomosha qilish mumkin.