Bitiruvchilar klubi

            Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonasi bosh direktori – G‘aniyev Qahramon Xudoyberdiyevich, 23.02.1965 y.da tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy: 1990 y.da Toshkent Politexnika institutini “Noorganik moddalar texnologiyasi, 1999 y.da Navoiy konchilik institutini “Menedjment” ixtisosliklari bo‘yicha tugalagan, muhandis-texnolog. Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar: 1984-86 yy. harbiy xizmatda, mehnat faoliyatini 1986y.da Navoiy GRESi suvni kimyoviy tozalash sex(SKTS)i apparatchisisifatida boshlagan,1991-98 yy. SKTS smena boshlig‘i, shu sexda uchastka boshlig‘i, 1998-2001 yy. SKTS boshlig‘i, 2001-09 yy. “Navoiy IES” OAJ realizatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2009-15yy. – korxona direktori. 2016 y.dan ushbu lavozim “Navoiy IES” AJ bosh direktori deb o‘zgartirildi.

            Moliya va realizatsiya bo‘yicha direktor – Yaxshilikov G‘ayratjon Qo‘ldoshevich, 22.06.1974 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy: 1997 yilda Navoiy Davlat konchilik institutini (iqtisodchi muhandis), 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzuridagi oliy biznes maktabi (moliya ishi)ni tugalagan. Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar: 1997-2004 yy. “Navoiyazot” IChBda iqtisodchi, hisobchi; 2004-2012 yy. shu korxonada xususiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i, 2012-2015 yy. “Navoiyazot” AJda iqtisodiyot va moliya bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari, 2015-2016 yy. Navoiy viloyati Iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i. 2016 yildan “Navoiy IES” AJda moliya va realizatsiya bo‘yicha direktor.