Abdurafiqov Nodir Najmiddinovich



Bo'lim haqida

AXBOROT–RESURS MARKAZI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisiga axborot kutubxona ta’minotini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ-381-sonli qarori hamda Vazirlikning 2006 yil 23 iyundagi 135/1-sonli buyrug‘i va Navoiy viloyat hokimining 2006 yil 13 iyuldagi 171-qarorlari asosida Axborot-resurs markaziga aylantirildi, xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis xodimlar safi kengaydi. Xodimlar zimmasiga aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish kitobxonlarning ilmiy, ta’lim, axborot, madaniyat va biznes sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkor qondirish hamda jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanib sifatli axborot xizmatlarini taqdim qilish, kutubxona resurslarini boshqarishni modernezatsiyalash va kelib tushayotgan adabiyotlarga ishlov berishni takomillashtirish, hamda Internet tarmog‘i orqali masofadan turib turli sohalarga tegishli kutubxonalar ARM va AKMlar resurslaridan unumli foydalangan holda ma’lumotlar bazasini boyitib borish, interaktiv tezkor axborot izlab topish va yetkazib berish kabi mas’uliyatli vazifalar yuklandi.
Axborot resurs markazida 5 ta bo‘lim mavjud:
1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo‘limi;
2. Elektron axborot resurslar bo’limi;
3. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;
4. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi;
NKMK va NDKTU hamkorligida tashkil qilingan yagona axborot ta’lim portaliga (kitob.ngmk.uz) mutaxassislikka oid 36ta kategoriya bo’yicha kitoblarning to’liq matnlii electron adabiyotlar joylashtirilib borilmoqda.Hozirga qadar 174000 dan ziyod elektron adabiyotlar joylashtirildi.
Axborot resurs markazlaridagi elektron kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri foydalanuvchilarni elektron resurslar bilan ta’minlashdan iborat. Foydalanuvchilarning talablariga binoan katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash uchun kerakli imkoniyatlarni yaratib berish zarur. Va albatta hozirgi zamonaviy talablarga ko‘ra foydalanuvchilarga elektron resurslar va ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlashdan iboratdir.
ARM ma’lumot bazasini boyitishning bosh maqsadi talaba-yoshlarning bebaho resursi, ya’ni “Intellektual” salohiyatini boyitishdan iboratdir. ARM elektron kutubxonasidagi mavjud kompyuterlar lokal tarmoq Internet va ZiyoNET tarmoqlariga ulangan. Axborot-resurs markazining mazmun jihatdan boyitilishi, bu ARMdagi mutaxassislarning intellektual salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ishlayotgan mutaxassis barcha texnikalar bilan ishlay oladigan, nafaqat ishlay oladigan, balki serqirra ma’lumotli, kuchli mutaxassis bo‘lishi lozim. Bu mutaxassis kutubxona faoliyatini tushuna biladigan, axborot nima ekanligini, uni qaysini qaerga, qaysi bazaga joylashtirishni biladigan, bu ma’lumotni bahosini, qimmatini biladigan, kompyuterdagi dasturlarni bevosita ishlata oladigan, zarurat bo‘lsa o‘zi yangi algoritm asosida dastur yarata oladigan kuchli salohiyatli mutaxassis bo‘lishi talab qilinadi.
ARM ma’lumot bazasini boyitishning bosh maqsadi talaba-yoshning bebaho resursi, ya’ni “Intellektual” salohiyatini boyitishdan iboratdir. Xuddi shuningdek atrofda joylashgan aholini ma’lumot va axborot bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish zaruratidir.
Axborot-resurs markazining Hamkorlik aloqalari
• Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
• Toshkent davlat texnika Universiteti ARMi;
• O‘zbekiston Milliy Universiteti ARM;
• Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali ARMi;
• Toshkent Axborot-texnologiyalar institutining Samarqand filiali;
• Farg‘ona davlat universitetining ARMi;
• Samarqand davlat universiteti ARMi;
• Samarqand vetenariya-meditsina instituti ARMi;
• Samarqand Arxitektura qurilish instituti ARMi;
• Toshkent Axborot-texnologiyalar Universiteti Samarqand filiali;
• Buxoro davlat universiteti ARMi;
• Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ARMi;
• Buxoro davlat tibbiyot instituti ARMi;
• Buxoro irrigatsiya, mexanizatsiya va melioratsiya instituti ARMi;
• Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat AKMi;
• NDKIga qarashli 2-sonli akademik litsey;
• Navoiy davlat pedagogika instituti ARMi kutubxonalari bilan doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Hamkorlikda tuzilgan shartnomalar asosida bir qancha turdosh oliygohlarning Axborot-resurs markazlaridan 3000dan ziyod elektron axborot resurslari olib kelinib elektron kutubxona portaliga joylashtirilmoqda.
Axborot-resurs markazida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va kitob fondini ehtiyojini o‘rganish maqsadida talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida so‘rovnomalar doimiy ravishda olib turiladi va so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlangan takliflar, adabiyotga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanib mazkur kamchiliklar bartaraf etib kelinmoqda. Axborot-resurs markazi fondida ta'limning barcha yo‘nalishlariga oid ilmiy, o‘quv-uslubiy va badiiy adabiyotlar mavjud.