AQSHNING NUFUZLI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YO'LGA QO'YILDI!

Oliy ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorlik soha rivojining ob’yektiv trendi hisoblanadi. 

Xalqaro ta’lim bo’yicha AQSH Kengashi  dasturi bo’yicha Navoiy davlat konchilik instituti va Kolorado konchilik universiteti (MINES) hamkorligidagi “Capacity Building Initiative” xalqaro loyihasi doirasida minerallarni qazil olish, qayta ishlash muhandisligi bilan bog’liq konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, mashinasozlik sohalaridagi ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik amalga oshirilayapti. Kelgusida o’zaro talaba almashinuvi, tezlashtirilgan  o’quv dasturlari, ilmiy salohiyatni oshirish kabi ta’lim va tadqiqot sohalarida hamkorlik qilinadi.

Joriy yil 27-28 sentyabr kunlari Kolorado konchilik universiteti professorlari Devid Rayt va Jamal Rostami institutda bo’lib, professor-o’qituvchilar va tadqiqotchilar uchun amaliy seminar va talabalar uchun o’quv-mashg’ulotlarini o’tdilar.

 

NDKI Axborot xizmati