Navoiy davlat konchilik institutida xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish doirasida navbatdagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, Germaniyaning Freyburg universiteti professori va talabalari, shuningdek NavDKI qoshidagi 2-sonli litsey hamda Navoiy davlat pedagogika instituti vakillari ishtirok etdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlarning talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim, ilm-fanga juda katta e’tibor berilayotganligi ilmiy jamoatchilikni cheksiz quvontirmoqda.
Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turkiy kengash Turk dunyosi universitetlari ittifoqining V Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun BMTning Taraqqiyot dasturi hamda KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.